Logo

Guanchjouda O'zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo'lib o'tdi

Noyabr 21, 2023. 10:15 • 39 soniya

414
Guanchjouda O'zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo'lib o'tdi

TOSHKЕNT, 21-noyabr. /«Dunyo» AA/. Xitoyga tashrif davomida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Guanchjou shahrida bo'lib o'tgan biznes-forumda ishtirok etdi, deb xabar qilyapti «Dunyo» AA muxbiri.

«Bugun Guanchjouda O'zbekiston-Xitoy biznes-forumini ochib berganimizdan mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 dan ortiq vakillari hamkorlikni yo'lga qo'yish va mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi qo'shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ushbu muhim imkoniyatdan unumli foydalandi. Bundan tashqari, tadbir davomida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi».

Eslatib o'tamiz, Guandun provinsiyasi Xitoyning eng yirik eksportchi va importchisi hisoblanadi. O'zbekiston TIV rahbari Xitoyga tashrifi doirasida Guandun provinsiyasi gubernatori Van Veychjun bilan uchrashdi. Muzokaralar chog'ida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish