Logo

O'monning yangi elchisi O'zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi

Noyabr 13, 2023. 16:05 • 39 soniya

700
O'monning yangi elchisi O'zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi

TOSHKЕNT, 13-noyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'monning yangi elchisi Jabr Nosir al-Busaidiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«O'mon Sultonligining O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim bilan uchrashib, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Muloqotda mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini ko'rib chiqdik va hamkorligimizni har jihatdan kengaytirish bo'yicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik. Elchi xonimga O'zbekistondagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Jabr Nosir al-Busaidiy 2019-2023-yillarda O'monning Toshkentdagi  elchixonasiga rahbarlik qilgan Ahmed al-Kasiriy o'rniga tayinlandi.

O'zbekistonga tayinlangan yangi elchi 49 yoshda. Diplomat 1998-yildan beri O'mon TIV tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Ushbu lavozimga tayinlanganiga qadar departamentga rahbarlik qilgan.

«Dunyo» AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish