Shvetsiyadan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari charter reysi bilan Toshkentga yetib keldi
May 13, 2026. 09:55 • 52 soniya
• 104
TOSHKENT, 13-may /“Dunyo” AA/. Kecha migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi Shvetsiyadan charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yurtdoshlarning vatanga qaytishi O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasi bo‘ldi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni taʼminlash masalalari tezkorlik bilan kelishib olindi.
O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish va xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni doimiy ravishda davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston energetika haftaligi rekord darajadagi ishtirokchi va delegatlarni jamladi

O‘zbekiston Prezidenti Istanbulda ochilgan 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi


