O‘zbekistonga qaytarilgan noyob artefaktlar ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etildi

May 13, 2026. 11:25 • 2 daq

24

TOSHKENT, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimizga qaytarilgan noyob artefaktlarni keng jamoatchilikka namoyish qilish yuzasidan ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida tashkilotchilar O‘zbekistonga qaytarilgan noyob madaniy meros namunalari – artefaktlarni ilk bor keng jamoatchilikka namoyish qildi.

Ishtirokchilar ushbu xayrli tadbirda faol harakat qilgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU), Islom sivilizatsiyasi markazi, EXHT, “Art Loss Register”, “Metropolitan Police Service”, Buyuk Britaniyaning tegishli davlat tuzilmalari hamda xalqaro ekspertlar mehnatini alohida eʼtirof etdi.. 

Qaytarilgan eksponatlar orasida Markaziy Osiyo tarixining turli davrlariga oid 10 ta noyob osori-atiqa mavjud. Ular Kushon davri, qadimgi Termiz, buddaviylik sanʼati va Sug‘d madaniyati bilan bog‘liq. Ayrim buyumlar milodiy II–VIII asrlarga tegishli. Shuningdek, Temuriylar davriga oid noyob kenotaf ham qaytarilgan meros orasida bor. Buyumlar orasidagi tosh haykallar, terrakotalar va devoriy suratlar parchalari alohida ahamiyatga ega. Ular O‘zbekiston hududidagi qadimiy sivilizatsiya markazlari – Qoratepa, Fayoztepa va Dalvarzintepa bilan bog‘liq. 

Yig‘ilish ishtirokchilari, ayniqsa, buddaviy mazmundagi devoriy tasvirlar hamda Gandhara va ilk buddaviy sanʼat anʼanalarini aks ettiruvchi terrakota va shtuko haykallarga katta qiziqish bildirdi. Mutaxassislar fikricha, ushbu topilmalar qadimiy sivilizatsiyalar o‘rtasidagi madaniy aloqalar va sanʼat maktablarining yuksak badiiy salohiyatidan dalolat beradi.

Tadbir davomida mazkur yodgorliklarni ilmiy o‘rganish, restavratsiya qilish, kataloglashtirish va kelgusida muzey ekspozitsiyalariga joylashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov mamlakatimizda madaniy merosni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini alohida taʼkidladi.

Uning qayd etishicha, noyob artefaktlarning vataniga qaytarilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida madaniy merosni asrab-avaylash, uni xalqaro miqyosda izlash va yurtimizga qaytarish borasida olib borilayotgan izchil siyosatning amaliy natijasidir.

Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosini saqlash, chuqur o‘rganish va uni xalqaro jamoatchilikka keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganini yana bir bor namoyon qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish