Ispaniyada “Temur tuzuklari”ni ispan tilida nashr etish rejalashtirilmoqda
May 13, 2026. 11:55 • 2 daq
• 4
MADRID, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasining “Mueller & Schindler” nashriyot uyiga tashrifi doirasida kompaniya rahbariyati bilan qo‘shma madaniy-nashriyot loyihalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokara o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ispaniyaning “Otra Lectura” tahliliy-axborot portaliga tayanib.
Muloqot chog‘ida Butunjahon O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish jamiyati (“WOSCU”) bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni qayd etib, uning doirasida “Husayn Boyqaro devoni”, “Zafarnoma”, “Katta Langar Qurʼoni”, “Temur tuzuklari” va “Meʼrojnoma” asarlarining xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan faksimile nashrlari yaratilganini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida yangi qo‘shma tashabbuslar, jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va “WOSCU” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “114 Qurʼon” nomli keng ko‘lamli xalqaro loyihaning istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatning tarixiy-madaniy merosini xorijda ommalashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston: Samarqandga oltin yo‘l” sayyohlik kitobi loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, “Temur tuzuklari”ni ispan tilida nashr etish tashabbusi ilgari surildi. “Mueller & Schindler” nashriyot uyi loyihaning yuksak ilmiy va madaniy ahamiyatini qayd etgan holda, uni qo‘llab-quvvatladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

«Sada Elbalad English»: O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmasi dunyo eʼtiboriga tushmoqda



