Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik yuzasidan Milliy koordinatorlar kengashining yig'ilishi o'tkazildi
Noyabr 14, 2025. 18:46 • 45 soniya
• 336
TOSHKENT, 14 noyabr. /"Dunyo" AA/. Poytaxtimizda 11–14 noyabr kunlari O'zbekiston raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, mazkur yig'ilishda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning tashqi siyosat idoralari vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida shu yilning 15–16 noyabr kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakuniy hujjatlari loyihalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan sammitga tayyorgarlikning tashkiliy va mazmuniy jihatlari muhokama qilindi.
Yettinchi Maslahat uchrashuvi mintaqaviy o'zaro aloqalarni mustahkamlash va ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishda tarixiy ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlandi.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilning 30–31 yanvar kunlari O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ishlari bo'yicha Milliy koordinatorlar kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi