Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Janubiy Koreya elchisi joriy yil uchun rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Iyun 28, 2025. 10:22 • 25 soniya

658
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Janubiy Koreya elchisi joriy yil uchun rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 28-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmonov kecha Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar mobaynida ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yil uchun rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish