Logo

Misrdan munosabat: YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi yirik tashabbuslar uchun haqiqiy platforma vazifasini o'tamoqda

Noyabr 05, 2025. 18:16 • 48 soniya

51
Misrdan munosabat: YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi yirik tashabbuslar uchun haqiqiy platforma vazifasini o'tamoqda

QOHIRA, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/Misrlik tadqiqotchi, Qohiradagi "Hivar" siyosiy va axboriy tadqiqotlar markazi direktori Ahmad Tohir "Dunyo" AA uchun intervyusida Samarqandda o'tkazilayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi haqida fikrlarini bildirdi:

– Shu kunlarda O'zbekiston tarixiy damlarni boshidan kechirmoqda: deyarli 40 yil ichida ilk bor YUNESKO konferensiyasi Parijdan tashqarida – Samarqand shahrida o'tmoqda. Bu holat O'zbekistonning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganini namoyon etadi. Fikrimcha, bunday nufuzli xalqaro forumni tashkil etish – O'zbekiston uchun o'z salohiyatini jahon miqyosida namoyon etishning katta imkoniyatidir. Konferensiyani Samarqandda o'tkazish qarori mamlakat uchun ham sharaf, ham mas'uliyatni anglatadi. Multikulturalizm g'oyasi bilan raqamli transformatsiyaning uyg'unligi ishtirokchilar konferensiyani nafaqat rasmiy tadbir sifatida, balki yirik amaliy tashabbuslar uchun haqiqiy platforma sifatida qabul qilayotganini ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytganda bunday xalqaro tadbir xalqaro hamjamiyatning avvalo O'zbekistonga, qolaversa, Markaziy Osiyo mintaqasiga qiziqishning ortishiga va xorijiy investitsiyalarning oqimiga hissa qo'shadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish