"Daily News Hungary": Yangi O'zbekiston so'nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda hayratlanarli yutuqlarni qo'lga kiritmoqda
Iyul 02, 2025. 10:13 • 2 daq
• 49
BUDAPESHT, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Daily News Hungary" onlayn nashrida "Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi O'zbekiston haqidagi qarashlari mamlakatni zamonaviy va demokratik davlat sari yetaklaydi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Yangi O'zbekistonning so'nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda hayratlanarli yutuqlarni qo'lga kiritayotgani qayd etilgan.
"Shaxsan men 2024-yil kuzida O'zbekistonda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Toshkent va qishloq joylardagi bir nechta saylov uchastkalarida bo'ldim. Birinchi marta Qonunchilik palatasiga saylovlar yangi aralash saylov tizimi asosida o'tkazildi. 75 nafar deputat saylovchilar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri, qolgan 75 nafari esa partiya ro'yxatlari bo'yicha saylandi. Partiyalar parlamentga kirish uchun kamida 7 foiz ovoz to'plashi kerak edi (Vengriyada bu ko'rsatkich 5% ni tashkil qiladi)", – deb yozgan muallif.
Shuningdek, maqolada mamlakat infratuzilmasini rivojlantirishga, jumladan, energetika, neft-gaz sektori, suv xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalariga alohida e'tibor qaratilayotgani alohida ta'kidlangan.
"2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1983 AQSh dollaridan 4000 AQSH dollarigacha, ya'ni ikki baravarga oshirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash ko'zda tutilgan. Shunisi e'tiborga loyiqki, tashqi monetar siyosatga qaramlikni kamaytirish maqsadida O'zbekiston o'z oltin zaxiralarini 2030 yilga kelib 337 tonnadan 1200 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda", – deya urg'ulangan materialda.
Bundan tashqari, O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan inson huquqlari sohasida faol hamkorlik qilayotgani hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shayotgani e'tirof etilgan
"Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi Yangi O'zbekiston dasturi siyosiy tizimni demokratlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va ijtimoiy taraqqiyotni rag'batlantirishga qaratilgan. Ushbu keng qamrovli islohotlar qonun ustuvorligini, bozor iqtisodiyotini va inson huquqlarini mustahkamlash bilan bir qatorda xalqaro integratsiyaga ham yordam beradi. Uzoq muddatli istiqbolda ular barqaror o'sishni va O'zbekiston xalqi farovonligini oshirishni ta'minlaydi", – deb yozilgan maqola xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida