Logo

"Geopolitika": Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi

Noyabr 13, 2025. 12:02 • 2 daq

111
"Geopolitika": Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi

OSLO, 13-noyabr. /"Dunyo" AA/. Norvegiyaning "Geopolitika" nashrida Markaziy Osiyo va AQSh hamkorligi mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochgani xususida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Vashingtonda bo'lib o'tgan "C5+1" formatidagi sammit Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqichni boshlab bergani ta'kidlanadi. Mintaqa davlatlarining AQSh bilan har tomonlama muloqotini rivojlantirishda O'zbekistonning roliga alohida urg'u berilgan.

"O'zbekiston nuqtai nazaridan "C5+1" formati tashqi siyosatda konstruktiv, pragmatik va o'zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz bugun tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, global ta'minot va logistika zanjirlariga integratsiyalash, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish bo'yicha izchil islohotlarni amalga oshirmoqda", – deb yozadi "Geopolitika".

Maqola muallifining fikricha, Vashingtondagi "C5+1" sammiti ham Markaziy Osiyo uchun, ham O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega.

"C5+1" sammiti Markaziy Osiyo va O'zbekiston uchun yangi iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlari, logistika va energiya xavfsizligini ta'minlash, texnologik rivojlanish va sanoat modernizatsiyasi, inson kapitalini rivojlantirish kabi yo'nalishlarda amaliy natijalar beradi. Bu – O'zbekistonning mustaqil, ochiq va pragmatik rivojlanish strategiyasiga mos keladigan muhim qadamdir", – deya xulosa qiladi maqola muallifi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish