Misrda O'zbekiston Prezidentining Qatarga tashrifi va sammitda bildirgan fikrlari keng yoritildi
Noyabr 08, 2025. 12:24 • 2 daq
• 42
QOHIRA, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Misrning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi strategik hamkorlik va O'zbekiston Prezidentining Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Butunjahon sammitidagi nutqi keng yoritildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, "Sada al-Balad" axborot agentligi "O'zbekiston–Qatar: kelajakka qaratilgan strategik sheriklik" sarlavhali maqolani o'z o'quvchilariga taqdim etdi.
Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Butunjahon sammitida ishtirok etdi.
"Mustaqillik yillarida O'zbekiston va Qatar diplomatik munosabatlarni o'rnatishdan tortib, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda ishonch, o'zaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangan keng qamrovli strategik sheriklikni shakllantirishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi", – deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, "Dar al-Hilol" AA saytida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha ikkinchi Butunjahon sammitida so'zlagan nutqida kambag'allik va ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni takomillashtirish haqida maqola e'lon qilindi.
Unda qayd etilishicha, O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish va kambag'allikka qarshi kurashishda "Global ijtimoiy adolat jamg'armasi"ni ta'sis etish tashabbusini ilgari surgan. Bandlik muammolarini samarali hal qilish uchun yangi va zamonaviy mexanizmlarni joriy etish zarurligini ta'kidlagan.
"O'zbekiston rahbari hukumatlar va kompaniyalarni o'z xodimlarini ijtimoiy sherik sifatida qo'llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishga chaqirgan. Ijtimoiy mas'uliyat va munosib mehnat sharoiti bo'yicha global tashabbusni ishlab chiqishni taklif qilib, ijtimoiy muammolarni samarali hal etishda barcha uchun ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini ta'kidlagan", deyiladi "Dar al-Hilol" AAda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi