Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari "Rothschild & Co" kompaniyasi boshqaruv a'zosi bilan samarali uchrashuv o'tkazdi

Oktabr 15, 2025. 14:55 • 31 soniya

102
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari "Rothschild & Co" kompaniyasi boshqaruv a'zosi bilan samarali uchrashuv o'tkazdi

TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda "Rothschild & Co" kompaniyasi kuzatuv kengashi a'zosi baranessa Ariel Malard De Rodshild bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Ariel Malard De Rodshildga uchrashuv va qiziqarli ekskursiya uchun minnatdorlik bildiraman, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugungi O'zbekiston — taraqqiyotning aniq strategiyasi va kuchli iqtisodiy investitsiyaga ega, jadal rivojlanayotgan mamlakatdir. "Rothschild & Co" kompaniyasi ushbu yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotganidan mamnunman hamda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga umid qilaman".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish