O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya G'aznachiligi iqtisodiy kotibi bilan uchrashdi
Oktabr 15, 2025. 18:49 • 34 soniya
• 41
TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda Buyuk Britaniya G'aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Londonda tashkil etilgan roud-shou davomida Buyuk Britaniya G'aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Rigbi xonimga "Yangi O'zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat" nomli tadbirimizda ishtirok etgani va uni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman.
O'zbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi yuzasidan fikr almashdik. Yurtimiz taraqqiyotidagi ushbu muhim bosqichni Buyuk Britaniya hukumati to'liq qo'llab-quvvatlayotgani quvonarlidir".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari