Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Oktabr 16, 2025. 19:19 • 34 soniya

51
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo'yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo'yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Janob Chandra O'zbekistondagi islohotlarni, ayniqsa, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta'kidladi.

Erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz farovonligi yo'lida yangi amaliy tashabbuslar va uzoq muddatli sheriklik uchun asos bo'lib xizmat qilishiga ishonaman".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish