Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

Oktabr 15, 2025. 20:11 • 31 soniya

71
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvda Britaniya biznes vakillari O'zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari hamda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelgusi rejalari haqida ma'lumot berdilar, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bu O'zbekistondagi biznes muhitiga tashqaridan berilgan mutlaqo xolisona baho edi va men mamlakatimizda yuz bergan ulkan o'zgarishlar bilan faxrlanaman.

Biz yuzlab yillik tarixga ega bo'lgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish