Logo

O'zbekiston va Serbiya charm sanoati mahsulotlari sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Oktabr 30, 2025. 12:17 • 32 soniya

46
O'zbekiston va Serbiya charm sanoati mahsulotlari sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

TOSHKENT, 30-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentda bo'lib o'tayotgan "UzCharmExpoEurAsia – 2025" xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada taqdim etilgan maxsus poyabzallar, zamonaviy dizayn va yuqori sifat darajasi Serbiya tomonida katta qiziqish uyg'otdi.

Serbiya yetakchisi mahsulotlarning xalqaro talablar darajasida ishlab chiqilganini yuqori baholab, ularni eksport qilish bo'yicha qiziqish bildirdi.

Serbiya Respublikasi Ichki va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda ushbu yo'nalishdagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan tashabbus ilgari surildi. Ushbu tashabbus ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish