Logo

"O'zbekiston — 2030" strategiyasining ramzi ishlab chiqildi

Aprel 09, 2024. 07:52 • 58 soniya

661
"O'zbekiston — 2030" strategiyasining ramzi ishlab chiqildi

TOSHKЕNT, 9-aprel. /"Dunyo" AA/. "O'zbekiston — 2030" strategiyasining ramzi ishlab chiqildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston – 2030" strategiyasi ramzining asosini poytaxtimizdagi "Yangi O'zbekiston" bog'idagi Mustaqillik monumenti obrazi tashkil etadi.

Ramzda aks ettirilgan Mustaqillik monumenti mamlakatimiz tarixi, bugungi kuni va kelajakning o'zaro uyg'unligi ifodasi sifatida talqin etilsa, uning yuksaklikka bo'ylashishi negizida xalqimizning birligi va birdamligi, O'zbekistonning dunyo davlatlari bilan hamjihatligi, tinchliksevar siyosati mujassamlashgan.

Shuningdek, yuqoriga intilgan chiziqlar dinamikasida "O'zbekiston – 2030" strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi va unda belgilangan 100 ta maqsadni to'liq hamda muvaffaqiyatli amalga oshirish ezgu g'oyasi mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish