Logo

Malayziyadan munosabat: O'zbekiston mintaqaviy siyosatda pragmatik yo'nalishni davom ettirmoqda

Oktabr 12, 2025. 09:51 • 5 soniya

76
Malayziyadan munosabat: O'zbekiston mintaqaviy siyosatda pragmatik yo'nalishni davom ettirmoqda

KUALA-LUMPUR, 12 oktabr. /"Dunyo" AA/. Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi tahlilchisi Karim Kassim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 oktyabr kunlari Dushanbeda o'tgan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Malayziya nuqtayi nazaridan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi "Markaziy Osiyo-Rossiya" sammitidagi nutqi Toshkentning oddiy va to'g'ridan to'g'ri yondashuvini namoyish etdi: kamroq so'zlashuv, ko'proq harakat.

Rossiya asosiy hamkor sifatida e’tirof etilmoqda, biroq asosiy e’tibor aniq natijalarga — savdoni ko'paytirishga, transport, energetika va texnologiyani rivojlantirishga qaratildi. Ma’ruzaning butun ohangi amaliyot, odamlar va biznes uchun imtiyozlar haqida bo'ldi

Yana bir muhim jihat – bu pragmatik kursning Malayziyanikiga juda o'xshashligidir. Bosh vazir va Malayziya Qirolining Rossiyaga so'nggi tashriflari bir xil mavzuga, ya’ni savdo, sarmoya, qo'shma ishlab chiqarish va texnologiyalarga qaratildi.

Toshkent ham, Kuala-Lumpur ham o'z manfaatlari va o'zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda turli global kuch markazlari bilan aloqalarni kengaytirishga intilmoqda. Aynan shuning uchun ham O'zbekistonning takliflari mantiqiy va o'z vaqtida bo'ldi, deb o'ylayman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish