Gerd Myuller: O'zbekiston sanoatni barqaror rivojlantirishga va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishga qat'iy sodiq
Oktabr 22, 2025. 12:20 • 2 daq
• 176
VENA, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. BMTning sanoatni rivojlantirish bo'yicha tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Gerd Myuller "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi ma'ruzasida ilgari surilgan tashabbuslar haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan UNIDO bilan sanoatda "yashil" texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish tashabbusi e'tirofga loyiq.
Mamlakatimiz yetakchisining mazkur taklifi O'zbekiston sanoatni barqaror rivojlantirishga hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qat'iy sodiqligini namoyon etdi.
Bunday mintaqaviy Markaz innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan ko'plab masalalarni hal etishga, ularning yechimlari bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar ishlab chiqishga va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O'zbekiston o'ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida UNIDO bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda ekosanoat parklari loyihamiz orqali biz O'zbekistondagi sanoat zonalari va korxonalarga toza ishlab chiqarish usullarini qo'llash, energiya samaradorligini oshirish va aylanma iqtisodiyotni joriy etishga yordam berib kelmoqdamiz.
Ishonchim komil, mamlakatingizning to'qimachilik va tikuvchilik sanoatini modernizatsiya qilish loyihamiz mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshiradi, shu bilan birga ularning mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini oshiradi.
UNIDO Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonning muhim hamkori sifatida "yashil", barqaror va farovon kelajakni barpo etishda o'zining salmoqli hissasini qo'shishga tayyor.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari