Germaniyadan munosabat: Bitim bizga yana-da yaxshi bozor sharoitlariga erishish hamda Germaniya va Yevropadan yana-da ko'proq kompaniyalarning O'zbekistonda faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi
Oktabr 25, 2025. 18:05 • 3 daq
• 25
BERLIN, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. "Falk-Porsche-Technik GmbH" kompaniyasi rahbari, Germaniya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi boshqaruvchisi Falk Porshe "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari va O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolagan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining Belgiyaga tashrifi chog'ida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning imzolanishi Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikning sifat jihatdan yuqori bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.
Ushbu bitim O'zbekiston va YI o'rtasidagi doimiy hamkorlikni yana-da kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan. Ayniqsa, tashqi va xavfsizlik siyosati, adliya, ma'lumotlarni himoya qilish, migratsiya hamda terrorizmga qarshi kurash sohalarini o'z ichiga oladi.
Albatta, biz, germaniyalik tadbirkorlar uchun eng muhim jihati – savdo va iqtisodiyot, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda qishloq xo'jaligi sohalarining ham ushbu bitimga kiritilganligidir. Mazkur bitimning imzolanishi bu – so'nggi 20 yil davomida Markaziy Osiyo va Yevropa, xususan, O'zbekiston o'rtasida amalga oshirilgan uzoq yillik samarali hamkorlikning natijasidir.
Shuningdek, u "Global Gateway" dasturi doirasida hamkorlik kengaytirish ko'zda tutilgan YIning Markaziy Osiyo strategiyasini bir qismidir. Dastur doirasida Yevropa Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston bilan hamkorlikni 12 milliard yevro miqdoridagi mablag' bilan mustahkamlashni ko'zda tutadi. Bu, albatta, O'zbekistonning Yevropa bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi hamda GPS+ dasturi doirasida Yevropa bozorlariga kirish uchun muhim qadamdir.
2023–2024-yillarda O'zbekiston va YI o'rtasidagi savdo aylanmasi 8 foizga oshib, 6,4 milliard yevroni tashkil etgan. O'tgan yillar bilan taqqoslaganda juda katta yutuq va salmoqli natijadir. Buning uchun biz yevropalik tadbirkorlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorchilik bildirishimiz lozim, chunki aynan u yaratgan ijobiy muhit tufayli Germaniya va umuman Yevropa mamlakatlari bilan shunday muvaffaqiyatli hamkorlik yo'lga qo'yildi. 8 foizlik o'sish – bu, albatta, katta natija.
Endi bu bitimning Germaniya uchun ahamiyatiga to'xtaladigan bo'lsak, O'zbekistonda 25 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan tadbirkor sifatida aytishim mumkinki, hujjat savdo va investitsiyalarni osonlashtiradi, o'zaro manfaatli sarmoya muhitini yaratadi. Shuningdek, bizga yana-da yaxshi bozor sharoitlariga erishish imkonini beradigan zamonaviy huquqiy asos bo'lib, Germaniya va Yevropadan yana-da ko'proq kompaniyalarning O'zbekistonda faoliyat yuritishiga imkon beradi.
O'tgan 20 yil davomida olib borilgan katta mehnatning natijasi bugun o'z samarasini bermoqda. Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevga xorijiy tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar uchun o'z minnatdorlik bildiramiz.
O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni Germaniya ham yaqindan qo'llab-quvvatlamoqda, birgina 2024-2025-yillarda mamlakat 176 million yevro bilan o'z hissasini qo'shdi. Bu, albatta, Germaniya O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligi, bizning Markaziy Osiyoga va eng avvalo, O'zbekistonga bo'lgan ishonchimiz ramzidir. Ushbu hamkorlikni davom ettirish va yana-da mustahkamlashdan mamnunmiz, albatta.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari