Logo

Pokistondan munosabat: Rasiy Toshkentning TDT doirasidagi faol pozitsiyasi yangi imkoniyatlarni ochib beradi

Oktabr 09, 2025. 11:22 • 2 daq

50
Pokistondan munosabat: Rasiy Toshkentning TDT doirasidagi faol pozitsiyasi yangi imkoniyatlarni ochib beradi

ISLOMOBOD, 9-oktyabr /"Dunyo" AA/. Pokistonning "Dunya" telekanali siyosiy sharhlovchisi Rashid Xon Safi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlari va Turkiy davlatlar tashkilotining Gabalada bo'lib o'tgan sammitidagi nutqi haqida fikrlarini bildirdi.

– Markaziy Osiyo dinamikasini yaqindan kuzatib boradigan ekspert sifatida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 12-sammitida ishtirokini shunchaki navbatdagi diplomatik voqea sifatida emas, balki rasmiy Toshkentning yangi tashqi siyosat falsafasini aks ettiruvchi strategik qadam sifatida baholayman.

O'zbekiston so'nggi yillarda shiorlar emas, balki aniq tashabbuslar bilan chiqayotgan turkiy dunyoning eng faol ishtirokchilaridan biriga aylandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat turkiy davlatlar o'rtasidagi integratsiya jarayonlariga yangi energiya kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Sammitning "Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" shiori ostida o'tayotgani alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston bu yerda pragmatik yondashuvni taklif qilishga qodir davlat sifatida harakat qilmoqda: ishonchni mustahkamlash, kommunikatsiyalarni rivojlantirish va hududlarni bo'lishdan ko'ra ularni birlashtirishgacha.

Pokiston nuqtai nazaridan Toshkentning TDT doirasidagi faol pozitsiyasi yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ishonchim komilki, turkiy davlatlar o'rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi tabiiy ravishda Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi yaqin hamkorlik uchun zamin yaratadi. Transafg'on temir yo'li loyihasi bu borada alohida ahamiyatga ega.

Men O'zbekiston yetakchisining tashrifini deklarativ integratsiyadan real integratsiyaga o'tish ramzi sifatida ko'raman. Bu har bir mamlakat o'ziga xos, ammo bir-birini to'ldiruvchi ovozga ega bo'ladigan kuchli iqtisodiy va madaniy ko'priklarni yaratishga qaratilgan harakatdir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish