Logo

O'zbekiston-Amerika ikki tomonlama munosabatlari AQSh ommaviy axborot vositalari nigohida

Oktabr 08, 2025. 16:03 • 2 daq

246
O'zbekiston-Amerika ikki tomonlama munosabatlari AQSh ommaviy axborot vositalari nigohida

VASHINGTON, 9-oktyabr. /"Dunyo" AA/. AQShninng ommabop "The Diplomat" nashrida O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqov bilan suhbat e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbatda diplomat O'zbekiston va AQSh rahbarlarining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi uchrashuvi haqida to'xtalib o'tdi. "Ushbu voqea tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, O'zbekiston-Amerika sherikligining strategik mohiyatini tasdiqladi. Muzokaralar konstruktiv muhitda o'tdi, taraflar islohotlar, savdo hamda o'zaro bog'liqlik masalalarini muhokama qildilar", degan elchi.

Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda Toshkent va Vashington o'rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi, bu esa mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar va ochiqlik siyosati bilan bog'liqdir.

"Muloqot chog'ida alohida e'tibor ikki tomonlama munosabatlarni barcha yo'nalishlarda yangi bosqichga ko'tarish masalalariga qaratildi. 2018-yilda AQShga oliy darajadagi tashrifdan so'ng tomonlar o'rtasida yo'lga qo'yilgan muntazam muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi", – deya urg'ulagan O'zbekiston rasmiy vakili.

Diplomat, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida — energetika, muhim minerallar sohasi, raqamlashtirish, "yashil iqtisodiyot" va ta'lim sohalarini ta'kidlagan.

Intervyuda AQSh Kongressi bilan mustahkamlanayotgan o'zaro hamkorlik va mintaqaviy muloqotning asosiy platformasi hisoblangan "C5+1" formati xususida so'z yuritilgan.

"Uchrashuvda, shuningdek, Afg'oniston muammosiga ham alohida e'tibor qaratildi. Toshkent bu mamlakatni izolyatsiya qilish emas, balki uni jamiyatga integratsiya qilish siyosatini qo'llab-quvvatlayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, gumanitar va infratuzilma loyihalari, jumladan Termizdagi ta'lim markazi hamda Erkin savdo zonalari haqida aytib o'tildi", – deyilgan suhbatda.

Elchi Furqat Siddiqov ta'kidlaganidek, "O'zbekiston Markaziy Osiyoda Amerika Qo'shma Shtatlarining ishonchli hamkori hisoblanadi. Prezident Donald Tramp rahbarligida bu hamkorlik yangi katta loyihalarga, xavfsizlikni mustahkamlashga va ikki davlat uchun barqaror hamda o'zaro manfaatli hamkorlikka aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish