Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri o'rinbosari va adliya vaziri bilan muzokaralar o'tkazdi

Oktabr 16, 2025. 10:34 • 31 soniya

105
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri o'rinbosari va adliya vaziri bilan muzokaralar o'tkazdi

TOSHKENT, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Bosh vaziri o'rinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Kecha Buyuk Britaniya Bosh vaziri o'rinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. –⠀Inson kapitalini rivojlantirish va O'zbekiston maktablarida Kembrijning ayrim dasturlarini joriy etish, Oksfordda o'zbek tilini o'rganish loyihalarini yo'lga qo'yish, shuningdek, ingliz tilida so'zlashuvchi o'qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish