Saida Mirziyoyeva: O'zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun ham jozibador makonga aylandi – bugungi kunda yurtimizda ushbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda
Oktabr 15, 2025. 16:29 • 39 soniya
• 52
TOSHKENT, 15 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida "Yangi O'zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat" mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Buyuk Britaniyaga tashrif doirasida "Yangi O'zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat" mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari bilan uchrashdim, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun ham jozibador makonga aylandi – bugungi kunda yurtimizda ushbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Britaniyalik hamkorlarning qiziqishi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi ishtiroki tobora kengayib borishiga ishonaman".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari