Logo

Saida Mirziyoyeva: Markaziy Osiyo bo'yicha Umumpartiyaviy guruhning tashkil etilishi Buyuk Britaniya va mintaqamiz mamlakatlari parlamentlari o'rtasidagi muloqot uchun asos bo'ladi

Oktabr 16, 2025. 17:10 • 37 soniya

52
Saida Mirziyoyeva: Markaziy Osiyo bo'yicha Umumpartiyaviy guruhning tashkil etilishi Buyuk Britaniya va mintaqamiz mamlakatlari parlamentlari o'rtasidagi muloqot uchun asos bo'ladi

TOSHKENT, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonga tashrifi davomida kecha Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Kecha Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Markaziy Osiyo bo'yicha Umumpartiyaviy guruhning tashkil etilishi Buyuk Britaniya va mintaqamiz mamlakatlari parlamentlari o'rtasidagi muloqot uchun asos bo'lishiga ishonch bildirildi. Biz guruh delegatsiyasini O'zbekistonda qabul qilishga tayyormiz.

Ko'p asrlik tarixga ega parlament binosi bo'ylab ajoyib ekskursiya bilan yakunlangan samimiy uchrashuv uchun janob Xoylga minnatdorlik bildiraman".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish