Logo

Saida Mirziyoyeva: Ishonchim komilki, YETTB bilan sheriklik bundan buyon ham O'zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi

Oktabr 14, 2025. 12:17 • 55 soniya

123
Saida Mirziyoyeva: Ishonchim komilki, YETTB bilan sheriklik bundan buyon ham O'zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi

TOSHKENT, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashganimdan xursandman, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O'zbekiston va YETTB o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bank ko'magida irrigatsiya va "yashil" iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli infratuzilma loyihalarini alohida qayd etish lozim.

Biz mamlakatimizdagi ko'plab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o'zgartirayotgan "Women in Business" va "Youth in Business"dasturlari qo'llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog'istonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qo'shnichilik borasidagi umumiy sa'y-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi. Ishonchim komilki, YETTB bilan sheriklik bundan buyon ham O'zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish