Saida Mirziyoyeva: Oksford universitetining "Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari" fakultetida o'zbek va eski o'zbek tillari o'rganiladi
Oktabr 16, 2025. 11:43 • 37 soniya
• 88
TOSHKENT, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Oksford universitetida bo'ldi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining "Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari" fakultetida endilikda o'zbek va eski o'zbek tillari o'rganiladi, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. –Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida O'zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e'tirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman.
Mirzo Ulug'bekning "Ziji Ko'ragoniy", Alisher Navoiyning "Xamsa", Husayn Boyqaroning "Devoni Husayniy", Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko'plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuv iliq taassurot qoldirdi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari