Samarqand Imom Abu Mansur Moturidiyning 1155 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyaga hozirlik ko'rmoqda
Aprel 27, 2025. 12:27 • 34 soniya
• 907
TOSHKENT, 28-aprel. /Dunyo" AA/. Joriy yil 29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning 1155 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xalqaro konferensiya "Moturidiylik – bag'rikenglik, moʻtadillik va ma'rifat ta'limoti" mavzusida o'tkaziladi.
Anjuman Imom Moturidiyning ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va moʻtadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot