Turkiyadan munosabat: Markaziy Osiyo global o'sishning yangi markaziga aylanmoqda
Noyabr 08, 2025. 10:51 • 2 daq
• 62
ANQARA, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamg'armasi rahbari Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining AQShga tashrifi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining "S5+1" formatdagi sammitidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi:

– Hikmet Eren, "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamg'armasi rahbari (Turkiya):
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifini kuzatib, Toshkent jahon siyosatida o'z mavqeini nechog'li izchillik va ishonch bilan mustahkamlab borayotganiga yana bir bor amin bo'ldim. Ushbu tashrif va "C5+1" formatidagi sammitda ishtirok, Markaziy Osiyoning dunyo bilan tengma-teng gaplashayotganini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari raqobatlashmaydigan, balki bir-birini kuchaytiradigan yagona iqtisodiy makon g'oyasini ilgari surmoqda. Uning ochiqlik va ishonchga asoslangan yondashuvi mintaqaviy siyosatga yangi nafas bag'ishladi. Bugun mintaqada raqobat emas, hamkorlik kayfiyati sezilmoqda va bu ko'p jihatdan O'zbekistonning xizmatidir.
Donald Trampning O'zbekiston yetakchisiga nisbatan yaqinda bildirgan fikrlari alohida e'tiborni tortdi. U "Twitter"dagi sahifasida "Shavkat Mirziyoyev is a man of his word" ("Shavkat Mirziyoyev – bir so'zli inson") deb yozdi. Bu so'zlar tezda jahon ommaviy axborot vositalarida tarqaldi va nafaqat O'zbekiston prezidenti shaxsiyatini e'tirof etish, balki u amalga oshirayotgan islohotlarga ishonch ramziga aylandi. Anqaradagi ko'pchilik uchun bu O'zbekiston G'arb uchun ishonchli hamkorga aylanib borayotganining tasdig'i bo'ldi.
Siyosiy nuqtai nazardan Vashingtonga tashrif "C5+1" formati tobora mazmunli bo'lib borayotganini ko'rsatdi. Uchrashuvlarda xavfsizlik, investitsiyalar, energetik o'tish va texnologik sheriklik masalalari muhokama qilindi. Menimcha, O'zbekiston pozitsiyasining kuchli tomoni – realizm va aniq natijalarga yo'naltirilganidadir.
Bugungi kunda global jarayonlarda Markaziy Osiyoning o'rni tobora ortib borayotgani aniq. Beqarorlik sharoitida aynan shu mintaqa birdamlik va pragmatizm qobiliyatini namoyon etmoqda. Oq uyning mintaqaga bo'lgan qiziqishi kuchayib borayotgani bejiz emas: bu yerda yangi muvozanat va dinamika shakllanmoqda, buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari