Vengriyadan munosabat: O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi yangi bitim bilan mustahkamlanadi
Oktabr 25, 2025. 16:51 • 3 daq
• 150
BUDAPESHT, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiy-G'arb hamkorlik tashabbusi direktori, Dunay institutining taklif etilgan xodimi Ibrohim Mammadov "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari va O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolagan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Markaziy geografik joylashuvi, o'sib borayotgan iste'mol bozori, muhim foydali qazilmalarning boy zaxiralari va rivojlanayotgan inson kapitali tufayli O'zbekiston dunyodagi eng yirik bozorlardan biri — Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor.
O'zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimni (EPCA) imzolash uchun rasmiy tashrif bilan Bryusselda bo'ldi. Ushbu hujjat 1999-yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi avvalgi kelishuv o'rnini bosuvchi tomonlar o'rtasidagi hamkorlikning yangi asosini yaratadi.
EPCA siyosiy muloqotni mustahkamlash, islohotlarni ilgari surish, tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va boshqa sohalarda yana-da samarali me'yoriy-huquqiy bazani yaratishga e'tibor qaratadi, bu YI va O'zbekiston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab beradi.
Iqtisodiy raqobatbardoshlikning sekinlashuvi sharoitida YI o'z savdosini kengaytirish uchun yangi, dinamik bozorlarga tobora ko'proq muhtoj. Markaziy Osiyo aholisining qariyb 45 foizi istiqomat qiladigan va dunyoda tug'ilish ko'rsatkichlari eng yuqori o'rinlardan birini egallagan O'zbekiston muttasil o'sib borayotgan iste'mol bozori hisoblanadi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga munosib hissa qo'shayotgan yoshlarga ta'lim va kasb-hunar o'rgatish borasida faol siyosat olib borilmoqda. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiy islohotlar sur'ati bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlardan birini egallab, daromadi o'rtacha va past bo'lgan ko'plab mamlakatlarni ortda qoldirdi. Bularning barchasi uni YI uchun savdo va investitsiyalar bo'yicha jozibador va strategik jihatdan muhim hamkorga aylantiradi.
YI iqtisodiyotining raqobatbardoshligini haqida so'z borganda, sanoat ishlab chiqarishida muhim va noyob yer minerallarining (CRM) ortib borayotgan ahamiyatini ta'kidlash juda muhimdir. Yevropa Ittifoqining "yashil" kun tartibi va barqaror energiyaga sodiqligiga muvofiq, CRM batareyalar va "yashil" texnologiyalar ishlab chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, ushbu resurslar uchun yangi va ishonchli ta'minot zanjirlarini yaratish strategik ustuvor vazifaga aylandi.
30 dan ortiq mineral resurslar, jumladan, mis, molibden, selen, litiy, kadmiy va kabi turli nodir yer elementlariga ega O'zbekiston bu sohada istiqbolli hamkor hisoblanadi.
YI va O'zbekiston o'rtasida EPCAning imzolanishi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, chunki u bo'lajak kelishuvlar uchun asos yaratadi hamda Yevropa va O'zbekiston kompaniyalari o'rtasida muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni osonlashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar doirasida O'zbekistonda mamlakatni mahalliy, mintaqaviy va jahon bozorlariga ochishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar allaqachon ishbilarmonlik muhiti, mehnat sharoitlari, ma'muriy javobgarlik, sud-huquq tizimi, xavfsizlikni ta'minlashda sezilarli yaxshilanishlarga olib keldi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Yevropa Ittifoqining ko'pgina tovarlar uchun bojsiz va kvotasiz YI bozorlariga kirishni ta'minlaydigan YIning umumiy imtiyozlar tizimi – "GSP+"ga qo'shildi. Bu islohotlarni davom ettirish mamlakatning bugungi kun tartibining asosiy ustuvor yo'nalishi bo'lib qolmoqda.
Natijada yaqin yillarda YI va O'zbekiston o'rtasidagi biznes aloqalari va investitsiya oqimi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari