Bryusseldan munosabat: O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi munosabatlar ularning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va farovonlikka intilishdagi umumiy maqsadlarining tasdig'idir
Aprel 27, 2025. 10:46 • 2 daq
• 91
BRYUSSEL, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. "Eureporter" nashri vakili, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bo'yicha ekspert Derya Soysal (Belgiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning 23-24-aprel kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini izohladi:

– Ta'kidlash joizki, ko'p yillik do'stlik va yaxshi qo'shnichilik an'analari, shuningdek, oliy darajadagi barqaror va ishonchli siyosiy muloqot O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish uchun ishonchli asos bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorlik nafaqat mustahkam iqtisodiy aloqalar, balki mintaqaviy kun tartibi doirasidagi umumiy manfaatlar bilan ham qo'llab-quvvatlanyapti.
2025-yilda ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqea sifatida Erkin savdo to'g'risidagi bitimning imzolanishi ko'plab tovarlarga bojxona bojlarining bekor qilinishiga olib keldi va o'zaro savdoning o'sishini rag'batlantirdi. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo-sotiqning kengayishi va hamkorlikning chuqurlashib borayotgani ularning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va farovonlikka erishish borasidagi umumiy intilishining yorqin tasdig'i hisoblanadi.
Bundan tashqari, O'zbekiston va Turkmaniston xalqlari o'rtasidagi madaniy va til o'xshashliklari ularning birligi va o'zaro ishonchini mustahkamlovchi qo'shimcha omil bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining Samarqand sammiti mintaqa yetakchilari yakdil fikrda ekanini, mintaqa esa nafaqat o'z birligini saqlab qolishga, balki global masalalarda faol rol o'ynashga qodir va tayyor ekanini tasdiqlamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot