Dushanbedan munosabat: Ozarbayjon, Turkmaniston va O'zbekiston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi do'stlik, o'zaro ishonch va yangi yutuqlar sari yangi qo'shma qadamlardir
Avgust 25, 2025. 09:17 • 2 daq
• 37
DUSHANBE, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Kim Viktor "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

– Doimiy o'zgarib borayotgan dunyoning murakkab sharoitida davlatlar o'rtasidagi do'stlik va ishonchga asoslangan barqaror hamkorlikni saqlab qolish xalqaro munosabatlarda kam uchraydigan hodisadir. Hozirda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari davlatlararo munosabatlar rivojiga yangicha qarashni namoyish etmoqda. O'zbekiston tashabbusi bilan 2017-yilda boshlangan yaxshi qo'shnichilik va ishonchga asoslangan jarayonlar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida rivojlanish, balki Janubiy Kavkaz bilan mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar va istiqbollarni ochmoqda.
Turkmanistonning "Avaza" milliy turistik zonasida o'tgan Ozarbayjon, Turkmaniston va O'zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi do'stlik, ishonch daxlsizligi va yangi marralar sari yangi qo'shma qadamlarning tasdig'idir.
Markaziy Osiyo bugun yangi iqtisodiy imkoniyatlar ostonasida turibdi. Shu o'rinda, O'zbekiston-Turkmaniston munosabatlari rivojlanishining barqaror dinamikasini, shuningdek, davlat rahbarlari o'rtasidagi ishonchli munosabatlarni qayd etish lozim.
Shuningdek, O'zbekiston tashabbusi bilan Janubiy Kavkaz mintaqasi bilan yangi istiqbollar ochilmoqda. O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar vaqt sinovidan o'tdi va 2024-yilda Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomaning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifalarni ochdi.
Uch davlatning qulay geografik joylashuvi, uch davlat o'rtasidagi vaqt sinovidan o'tgan munosabatlar Ozarbayjon, Turkmaniston va O'zbekiston rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi kun tartibini belgilab berdi. Bu, birinchi navbatda, uch davlatning tranzit salohiyatidan to'liq foydalanishdir. Shuningdek, Xitoyni Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog'laydigan barqaror va samarali transkontinental yo'nalishni shakllantirish zarurati. Gap Transafg'on yo'li va O'rta yo'lak , jumladan, Zangezur yo'lagi haqida ketmoqda.
O'zbekiston yetakchisi tomonidan yuklarni tashish bo'yicha tariflarni o'zaro pasaytirish va uch mamlakatning tranzit salohiyatini ro'yobga chiqarishga yaxlit yondashuv bo'yicha ilgari surilgan tashabbuslar logistika infratuzilmasini rivojlantirishga salohiyatli donor-xalqaro tashkilotlarni jalb qilish imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari