Misrdan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyo, xususan, dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan davlatlar uchun strategik ahamiyatga ega
Avgust 06, 2025. 14:22 • 2 daq
• 99
QOHIRA, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. "Hivar" siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Ahmad Tohir (Misr) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik hududida bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga qilgan safari va "Avaza"da bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasidagi ishtiroki xalqaro hamkorlik rivojiga muhim hissa qo'shadi hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvlar va konferensiya kun tartibi strategik ahamiyatga ega bir qator masalalarni qamrab olgan bo'lib, ular Afrika mamlakatlari uchun ham alohida dolzarblik kasb etadi.
Mazkur konferensiya natijalari va Avaza deklaratsiyasining qabul qilinishi Misrda ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Chunki, Misr hukumati BMTning faol a'zosi bo'lib, Global Janub manfaatlarini himoya qiladi.
O'zbekiston–Turkmaniston aloqalarining mustahkamlanishi va Markaziy Osiyo yetakchilari namoyish etayotgan hamjihatlik barqarorlik omili sifatida e'tirof etilmoqda. Shu bilan birga, ularning Afg'oniston bo'yicha birgalikdagi yondashuvlari ham alohida tahsinga loyiq.
Yangi transport koridorlari O'zbekiston-Afg'oniston-Pokiston temir yo'li loyihasi va uni istiqbolda Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston magistrali hamda O'rta transkaspiy yo'lagi bilan bog'lash rejalari bo'yicha tashabbuslar ham xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda.
"Tranzit kafolatlari bo'yicha global kelishuv", "Logistika integratsiyasini qo'llab-quvvatlash fondi" va "LLDC zaiflik indeksi" kabi BMT doirasidagi institutsional tashabbuslar esa e'tiborga molikdir.
Tahlil doiralari baholariga ko'ra, Yangi O'zbekistonning pragmatik yondashuvi Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy to'siq hisoblangan logistika sohasiga qaratilgan aniq e'tibori bilan ajralib turadi.
O'zbekiston rahbari tomonidan taqdim etilgan tashabbuslar Markaziy Osiyo, xususan, dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan rivojlanayotgan davlatlar uchun strategik ahamiyatga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari