Fransiyadan munosabat: O'zining go'zal manzaralari bilan mashhur va zamonaviy dam olish maskanlarini yaratish uchun katta imkoniyatlarga ega Zomin fransuz kompaniyalariga alohida qiziqish uyg'otmoqda
Aprel 26, 2025. 13:34 • 2 daq
• 215
PARIJ, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. Fransiyaning "POMA SAS" kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha vakili Anton Chudayev "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes-forum Jizzax – 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Fransiya O'zbekistonning asosiy hamkorlaridan biridir. "POMA SAS" kanat yo'llari Markaziy Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyatli ishlaydi va transport va turizm muammolarini hal qiladi.
"Jizzax – 2025" biznes-forumidagi ishtirokimiz o'zbekistonlik hamkorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonini berdi.
O'zbekiston xalqaro biznes va investitsiyalar uchun, ayniqsa, turizm kabi jadal rivojlanayotgan sohalarda o'zini istiqbolli va jozibador davlat sifatida ishonch bilan namoyon etmoqda.
"POMA SAS" uchun o'zining go'zal manzaralari bilan mashhur va zamonaviy dam olish maskanlarini yaratish uchun katta imkoniyatlarga ega Zomin hududi alohida qiziqish uyg'otmoqda.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va yurtingizning Fransiyadagi elchixonasiga fransuz kompaniyalarini respublikada o'z loyihalarini amalga oshirishda qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildiraman.
Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo aloqalarining faol o'sib borayotganini inobatga olgan holda, Jizzax iqtisodiy forumi ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi tashabbus va loyihalarning katalizatoriga aylanishiga ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot