Erondan munosabat: O'zbekistonning Turkmaniston va Ozarbayjon bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlari yuksak darajaga ko'tarildi
Avgust 24, 2025. 14:14 • 2 daq
• 79
TEHRON, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Eron "Ala Tejarat Mahad Qabous" kompaniyasi boshqaruvi raisi Sulaymon Xivechi "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon–Turkmaniston–O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– "Avaza" milliy turistik zonasida bo'lib o'tgan "O'zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon" formatidagi birinchi uch tomonlama sammitda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo'yicha qator aniq takliflarni bildirdi. Uch davlatning katta tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, tovar ayirboshlash va sanoat kooperatsiyasi ko'lamini tubdan oshirish ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilandi. Ta'kidlanganidek, so'nggi yillarda O'zbekiston bilan Turkmaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi. Tovar ayirboshlash tarkibida sanoat tovarlarining ulushi 40 foizga yetdi.
Barqaror savdo va logistika tarmoqlarini rivojlantirish, ulgurji tarqatish markazlarini yaratish va yirik chakana savdo tarmoqlariga kirish, fitosanitariya va karantin talablarini birlashtirish, mahsulotlarni raqamli markalashni joriy etish, qo'shma elektron platformalarni ishga tushirish va birja kooperatsiyasini kengaytirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar rejasini birgalikda tayyorlash taklif etildi.
O'zbekiston yetakchisining deyarli barcha xorijiy tashriflarining asosiy kun tartibi doimiy ravishda iqtisodiy masalalar, ya'ni savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, o'zaro ilmiy-texnikaviy va turistik almashinuvlarni yo'lga qo'yishni o'z ichiga oladi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekistonning Turkmaniston va Ozarbayjon bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlari yuksak darajaga ko'tarilgan.
Transport-kommunikatsiya, energetika, dengiz kommunikatsiyalari va boshqa sohalarda o'zaro hamkorlikni faollashtirish uchun yuqori salohiyat mavjud, buni Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida alohida ta'kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari