Erondan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tomonidan Dushanbe sammitida ilgari surilgan tashabbuslar MDH makonidagi sifatli rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan
Oktabr 12, 2025. 18:20 • 2 daq
• 104

TЕHRON, 12 oktabr. /"Dunyo" AA/. "Ala Tejarat Mahad Qabous" kompaniyasi boshqaruvi raisi Sulaymon Xivechi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 oktyabr kunlari Dushanbeda o'tgan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:
–30 yildan ortiq faoliyat davomida MDH o'z taraqqiyotining uzoq yo'lini bosib o'tdi va Dushanbeda bo'lib o'tgan sammit doirasida ushbu tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Sammitda O'zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar MDHga a’zo davlatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi integratsiyani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari MDH makonidagi sifatli rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan.
Xususan, barcha turdagi transport bilan integratsiya qilingan axborot-logistika markazlarini yaratish, transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga bag'ishlangan konferensiya tashkil etish, maxsus iqtisodiy va industrial zonalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha "yo'l xaritasi"ni tayyorlash, innovatsion startaplarni ilgari surish maqsadida MDH Venchur platformasini yaratish kabi takliflar juda muhim.
Boshqa ma’ruzachilardan farqli o'laroq, O'zbekiston yetakchsining nutqi aniq va amaliy yo'naltirilgan bo'lib, u MDH makonida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
O'zbekiston Prezidenti xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida dolzarb muammolarni hal etish, barqarorlikni ta’minlash hamda siyosiy va iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga oid amaliy takliflarni ilgari surish orqali dunyo jamoatchiligi e’tibor markazida bo'lib kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari