Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining nutqi shunchaki deklaratsiya emas, bu strategik takliflarni amaliy amalga oshirish vositalari bilan birlashtirgan aniq yo'l xaritasidir
Oktabr 13, 2025. 07:09 • 2 daq
• 72
MADRID, 13 oktyabr. /"Dunyo" AA/. San Pablo universiteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha mutaxassis Antonio Alonso (Ispaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 oktyabr kunlari Dushanbeda o'tgan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

– O'zbekiston Prezidentining MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi ma'ruzasiga nafaqat MDH davlatlari, balki kengroq xalqaro auditoriya e'tiboriga sazovor bo'lgan chinakam noyob strategik manifest sifatida qarayman.
Birinchi navbatda taklif etilayotgan tashabbuslarning tizimli va keng qamrovliligi e'tiborimni tortadi. Prezident bir-biridan farq qiladigan chora-tadbirlar majmuini emas, balki savdo, transport logistikasi, investitsiya loyihalari, energetika va raqamlashtirishni o'zida mujassam etgan yaxlit harakatlar arxitekturasini taqdim etdi.
Har bir taklif – logistika yo'laklarini rivojlantirish, maxsus iqtisodiy zonalar yaratish, venchur platformasini ishga tushirish yoki professional standartlarni uyg'unlashtirish – boshqa elementlarni mustahkamlaydi, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sinergiyani yaratadi.
Ikkinchisi, bu ayniqsa muhim, tashabbuslarning amaliy yo'nalishidir. Savdo aylanmasini oshirish, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, axborot-logistika markazlarini ishga tushirish bevosita tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi va yetkazib berish zanjirlarining mustahkamlaydi. Sanoat zonalari va venchur platformalar barqaror ichki iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirib, innovatsiyalar va ish o'rinlarini yaratadi. Bular mintaqaviy siyosatda darhol qo'llanilishi mumkin bo'lgan aniq vositalardir.
Uchinchidan, keng ko'lamli qo'shma energetika loyihalarini amalga oshirish bo'yicha takliflar MDH davlatlarining energetik xavfsizligini mustahkamlaydi, sanoatni modernizatsiya qilish uchun shart-sharoit yaratadi, uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qiladi.
To'rtinchidan, raqamlashtirish va inson kapitali. Ko'p qirrali raqamlashtirish rejasini yaratish hamda diplomlar va kasbiy standartlarni o'zaro tan olish tashabbuslari rivojlanishning "yumshoq infratuzilmasi"ni shakllantiruvchi chora-tadbirlar – qo'shma ta'lim dasturlari, startaplar uchun akseleratorlar, yoshlar uchun laboratoriyalarni o'z ichiga qamrab oldi. Ushbu takliflar tufayli mintaqa nafaqat texnologik yuksalish, balki bilimlarni uzatish va yuqori malakali ishchi kuchini rivojlantirish uchun platformaga aylanadi.
Beshinchidan, institutsional barqarorlik va risklarni boshqarish. Transport tarmog'idagi to'siqlar, infratuzilmani moliyalashtirishning yetarli emasligi va standartlarni uyg'unlashtirish zarurati – bularning barchasi haqiqiy muammolar, biroq ularni puxta o'ylangan KPI tizimi, tajriba yo'laklari va davlat-xususiy sheriklikning shaffof vositalari yordamida bartaraf etishi mumkin.
Aynan mana shu institutsional qarorlarda O'zbekiston Prezidentning strategik uzoqni ko'ra bilishi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashni istardimki, O'zbekiston yetakchisining nutqi shunchaki deklaratsiya emas, bu strategik takliflarni amaliy amalga oshirish vositalari bilan birlashtirgan aniq yo'l xaritasidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari