Italiyadan munosabat: O'zbekiston diplomatiyasining faol harakatlari natijasida Kaspiy bo'yi davlatlari yanada yaqinlashdi
Avgust 24, 2025. 13:22 • 52 soniya
• 90
RIM, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. "Sandro TetiEditore" noshirlik kompaniyasi direktori va siyosatshunos Sandro Teti (Italiya) Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Kaspiy dengizining Turkmaniston sohilida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o'rtasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Sammit muvaffaqiyatli o'tdi va bir qator muhim uch tomonlama hamda ikki tomonlama kelishuvlar imzolanishi bilan yakunlandi.
Shubhasiz, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi diplomatik yutug'i bo'ldi.
Ma'lumki, bundan bir necha yillar avval kengroq geosiyosiy va geostrategik sharoitdagi murakkab vaziyat boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga to'sqinlik qilar edi. Holbuki, Kaspiy mintaqasi yangi Ipak yo'lining strategik marshrutlaridan biri sifatida muhim rol o'ynaydi.
O'zbekiston diplomatiyasining faol harakatlari natijasida Kaspiy bo'yi davlatlarini yaqinlashtirishga yordam berdi va ushbu uch tomonlama sammit o'tkazilishi uchun sharoit yaratdi, uni haqli ravishda katta muvaffaqiyat, deb atash mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari