Litvadan munosabat: "Xalqaro biznes forum – Jizzax– 2025" tadbiri hududni xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqishda muhim platformaga aylandi
Aprel 25, 2025. 11:25 • 2 daq
• 117
VILNYUS, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Litvaning "TVG group" kompaniyasi rahbari Albertas Sitavichius "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Mamlakatingizda olib borilayotgan ochiq va izchil investitsiya siyosati samarasida O'zbekiston iqtisodiyoti barqaror o'sish sur'atlarini namoyish etmoqda. Bu omil 23-24-aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbirida yaqqol namoyon bo'ldi.
Mazkur tadbirning ko'lamli va yuqori saviyada tashkil etilgani viloyatning xorijiy hamkorlar bilan sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va ishbilarmonlik imkoniyatlarini ochishga xizmat qiladi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar samarasida tadbirda 30 dan ortiq hamkor mamlakatlardan 300 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Iqtisodiy forum doirasida qishloq xo'jaligi, sanoat, turizm va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda bir qator taqdimotlar o'tkazildi. Ularda xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyoz va qulay shart-sharoitlar, mahalliy brendlar mavqeini oshirish, hududning eksport salohiyatini yana-da kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida aytib o'tildi.
"Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" tadbiri Yevropaning yirik kompaniyalari vakillarining katta e'tiborini tortdi va ular mazkur forum hududni xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqishda muhim platformaga aylanganini ta'kidlamoqda.
Ta'kidlash joizki, Litva ishbilarmon doiralari vakillarining o'zbekistonlik sheriklar bilan ham investitsiya sohasida, ham o'zbek mahsulotlarining Boltiqbo'yi mamlakatlari bozorlariga eksportini ko'paytirish bo'yicha aloqalarni yana-da jadallashtirishga qiziqishi ortib bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot