Logo

Malayziyadan munosabat: Iordaniya O'zbekistonni mintaqaviy mojarolarni adolatli hal etishga ko'maklashishda ishonchli hamkor sifatida biladi

Avgust 27, 2025. 09:40 • 2 daq

39
Malayziyadan munosabat: Iordaniya O'zbekistonni mintaqaviy mojarolarni adolatli hal etishga ko'maklashishda ishonchli hamkor sifatida biladi

KUALA-LUMPUR, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. "Kingsley Strategic Institute" tahlil markazi ijrochi direktori Maks Sey (Malayziya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning 25-26-avgust kunlari O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi yakunlarini izohladi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy taklifiga binoan Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O'zbekistonga ilk davlat tashrifi ikki mintaqa – Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea bo'ldi. Tashrif so'nggi yillarda diplomatik faoliyati bilan dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlarining e'tiborini tortayotgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro nufuzi va obro'si oshib borayotganini yaqqol namoyon etadi.

Sammit o'tkaziladigan joy sifatida qadimiy Samarqandning tanlanishi ushbu tadbirning ramziyligini ta'kidlab, ikki davlatning muloqotni chuqurlashtirishga intilishidan dalolat beradi.

Yaqin Sharqning ko'plab davlatlari O'zbekiston rahbariyatining Falastin masalasidagi konstruktiv pozitsiyasini, mamlakatning insonparvarlik tashabbuslarini, mintaqada tinchlik o'rnatishga bo'lgan samimiy istagini yuksak qadrlanmoqda.

An'anaga ko'ra, Yaqin Sharq diplomatiyasida muhim rol o'ynaydigan Iordaniya O'zbekistonni mintaqaviy mojarolarni adolatli hal etishga ko'maklashishda ishonchli hamkor deb biladi. Toshkentning Falastin xalqini qo'llab-quvvatlash va tinch yo'l bilan kelishuvga chaqiruvi arab davlatlari poytaxtlarida o'z javobini topmoqda, bu esa Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq o'rtasida mintaqalararo hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Iordaniya O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga katta qiziqish bildiryapti. Bu ikki davlat savdo-sanoat palatalari o'rtasida yaqinda imzolangan o'zaro anglashuv memorandumi bilan ham tasdiqlandi. Har ikki davlat boy tarixiy merosga ega. Agar O'zbekiston qadimda Buyuk ipak yo'lining markazi va islom sivilizatsiyasi ravnaq topgan maskan bo'lgan bo'lsa, Iordaniya YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan qadimiy savdo yo'llari va arxeologik yodgorliklarning saqlovchisi hisoblanadi. Ushbu tarixiy meros O'zbekiston bilan arab davlatlari, jumladan, Iordaniya o'rtasidagi zamonaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish