Logo

Niderlandiyadan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tomonidan BMTda ilgari surilgan tashabbuslar adolatli, barqaror va tinch kelajakka intilishni aks ettiradi

Sentabr 25, 2025. 14:45 • 2 daq

137
Niderlandiyadan munosabat: O'zbekiston Prezidenti tomonidan BMTda ilgari surilgan tashabbuslar adolatli, barqaror va tinch kelajakka intilishni aks ettiradi

AMSTERDAM, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Niderlandiyalik jurnalist Burhon Charlak "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

–O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida e'lon qilingan tashabbuslar respublikaning nafaqat xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga intilishi, balki mamlakatning jahon taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan yangi g'oyalarni ilgari surish istagini ham namoyon etadi.

Turli mamlakatlar o'qituvchilari o'rtasida tajriba va bilim almashish uchun o'ziga xos platformaga aylanishi mumkin bo'lgan kasb-hunar ta'limi bo'yicha Butunjahon sammitini o'tkazish tashabbusi alohida e'tiborga molik. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim haqiqatan ham barqaror rivojlanishning kalitiga aylanmoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, Afg'oniston orqali transport va energetika aloqalarini yo'lga qo'yish borasidagi pozitsiya muhim va dolzarbdir. Bu qadamlar nafaqat yangi biznes imkoniyatlarini yaratadi, balki dunyoning eng nozik mintaqalaridan birida uzoq muddatli tinchlik asoslarini mustahkamlaydi.

O'zbekistonning terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish tashabbusi ham birdek ahamiyatlidir. Toshkentda BMTning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasining ochilishi radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurashishning yana-da samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

O'zbekiston Prezidenti nutqidan iqlim migratsiyasi, barqaror transport, tinchlik o'rnatish jarayonlariga yoshlarni jalb qilish bo'yicha global takliflar ham o'rin oldi. "Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati"ni ta'sis etish g'oyasi juda asoslidir. Chunki yosh avlod xalqaro munosabatlar kelajagini shakllantirish va xalqlar o'rtasidagi ishonchni saqlashda muhim rol o'ynaydi.

Umuman olganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi O'zbekistonning strategik qarashlari va jahon hamjamiyatining ishonchli sherigi bo'lishga tayyor ekanligini ko'rsatadi.

Bundan tashqari, ushbu tashabbuslar adolatli, barqaror va tinch kelajakka intilishni aks ettiradi. Ishonchim komilki, O'zbekison Prezidenti tashabbuslar BMTga a'zo davlatlar tomonidan keng qo'llab-quvvatlanadi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish