Polshadan munosabat: O'zbekiston va YI o'rtasida imzolangan bitim ikki tomonning o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha sa'y-harakatlarining mantiqiy yakuni bo'ldi
Oktabr 25, 2025. 17:28 • 2 daq
• 53
VARSHAVA, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. "Perspektywy" ta'lim fondi asoschisi Valdemar Sivinskiy (Polsha) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari hamda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning ahamiyati haqidagi fikrlarni bildirdi:

– Bryusselda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning imzolanishi ikki tomonning o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha avvalgi sa'y-harakatlarining mantiqiy yakunidir.
O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uzoq vaqtdan beri Yevropa uchun qiziqish uyg'otib kelgan, ammo siyosiy sharoitlar har doim ham bunday hamkorlikning to'liq salohiyatini ro'yobga chiqarishga imkon bermagan. Shu sababli, mazkur hujjatning imzolanishi hozirda, YI va Markaziy Osiyo rivojlanish uchun yangi sohalar va sheriklar izlayotgan bir paytda, ayniqsa muhimdir.
Ta'lim va fan ushbu bitim qamrab olgan hamkorlik sohalari qatoriga kirganidan juda mamnunman. O'zbekiston aholisining 60 foizini 30 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadigan va aholisi har yili milliondan ortiq kishiga ko'payadigan mamlakatdir. Bunday yosh va o'sib borayotgan aholi uchun yuqori sifatli ta'limni ta'minlash nafaqat mas'uliyat, balki O'zbekistonning rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatdir. Tabiiyki, bunga keng xalqaro hamkorliksiz erishib bo'lmaydi.
Yevropa universitetlari ham Yevropa Ittifoqidan, ham kengroq Yevropa oliy ta'lim hududidan bu maqsadga erishishda sherik bo'lishi mumkin. Xalqaro talabalar almashinuvini muvaffaqiyatli rivojlantirishning muhim sharti, albatta, universitetlar o'rtasidagi ilmiy hamkorlik, jumladan, O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi "Horizon Europe" kabi xalqaro tadqiqot dasturlarida birgalikda ishtirok etishi bo'lishi kerak. "Horizon Europe" doirasida grantlar olish murakkab vazifadir, shuning uchun Yevropa va O'zbekiston rektorlari va tadqiqotchilari ishtirokidagi dastlabki uchrashuvlar, konferensiyalar va kongresslar juda muhim. Ushbu uchrashuvlar o'zaro ishonchni o'rnatishga va muntazam ravishda e'lon qilinadigan grant tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok eta oladigan tadqiqot guruhlarini shakllantirishga yordam beradi.
Men vakili bo'lgan "Perspektywy" ta'lim fondi barcha manfaatdor tomonlarga bunday sheriklikni o'rnatishda yordam berishga tayyor.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari