Polshadan munosabat: Qozog'iston Prezidentining O'zbekistonga bo'lib o'tgan tashrifi yakunlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kuchli sur'at bag'ishlaydi
Aprel 07, 2024. 07:43 • 2 daq
• 155
VARSHAVA, 7-aprel. /"Dunyo" AA/. Polsha-Osiyo savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski "Dunyo" AA uchun intervyusida Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 5-aprel kuni Xivaga buyurgan tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

— Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Xivaga tashrifi nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun juda muhim va dolzarb voqelikdir.
Biz Markaziy Osiyoda siyosiy-diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni, jumladan, eng oliy darajadagi aloqalarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
So'nggi yillarda mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo'shnichilik va ishonch muhiti hamda Markaziy Osiyoda chuqurlashib borayotgan integratsiya jarayonlari barchamizda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Ma'lumki, Qozog'iston O'zbekistonning uchta yirik tashqi savdo hamkorlaridan biridir. 2023-yilda o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. E'tiborlisi, Qozog'istonda O'zbekiston kapitali ishtirokida 1400 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyo yangi Polsha hukumati tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2019-yilda qabul qilingan mintaqaviy hamkorlikdagi ijobiy o'zgarishlarni rag'batlantiradigan va Yevropa Ittifoqi manfaatlari uchun ushbu mintaqaning o'sib borayotgan strategik ahamiyatini ta'kidlaydigan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasini to'liq amalga oshirish uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solishga tayyormiz.
Polsha Toshkentning Markaziy Osiyo va Yevropa o'rtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini, birinchi navbatda, O'rta yo'lak – Transkaspiy tranzit yo'lagini shakllantirish orqali rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi. Markaziy Osiyo beshligi birgalikda harakat qilishi kerak. Ishonchim komilki, Polshaning yangi hukumati Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun mablag' ajratadi.
Shubhasiz, Prezident Qasim-Jomart Toqayevning O'zbekistonga bo'lib o'tgan tashrifi yakunlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kuchli sur'at bag'ishlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari