Logo

Budapeshtdan munosabat: Forum natijalari Vengriya va O'zbekiston o'rtasidagi yangi loyihalar, hamkorlik va qo'shma tashabbuslar uchun mustahkam asos yaratadi

Aprel 26, 2025. 10:54 • 2 daq

89
Budapeshtdan munosabat: Forum natijalari Vengriya va O'zbekiston o'rtasidagi yangi loyihalar, hamkorlik va qo'shma tashabbuslar uchun mustahkam asos yaratadi

BUDAPESHT, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Meditop Pharmaceutical" kompaniyasi vakili Yanosh Vanik "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Xalqaro biznes-forum Jizzax 2025" tadbiri haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Forum yuqori saviyada tashkil etildi. Vengriya kompaniyalarini taklif etgani va O'zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga maydon yaratgani uchun mamlakatingiz Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildiraman.

"Jizzax 2025" biznes-forumi biz uchun qimmatli ma'lumot va ilhom manbai bo'ldi. Biz Jizzax viloyati, xususan, Zomin tumanining jadal rivojlanayotgan salohiyatini o'z ko'zimiz bilan ko'rish imkoniga ega bo'ldik. Viloyatning imkoniyatlari chinakam dalda beradi va biz o'zaro manfaatli hamkorlikning real istiqbollarini ko'ryapmiz, shu jumladan farmatsevtika sohasida ham.

So'nggi yillarda Vengriya bilan O'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar faol kengayib bormoqda. Bu kabi tadbirlar esa ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, biznes-forumda Vengriyaning "Spektrum", "Global Pro Consulting" kompaniyalari, Obuda universiteti va boshqa bir qator biznes tuzilmalari vakillari ham faol ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar forum yuqori saviyada o'tganini ta'kidlash barobarida o'zbekistonlik sherikliklar bilan kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi. Forum natijalari Vengriya va O'zbekiston o'rtasidagi yangi loyihalar, hamkorlik va qo'shma tashabbuslar uchun mustahkam asos yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish