Yaponiyadan munosabat: O'zbekiston va Turkmaniston mintaqaviy barqarorlik va Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlash sari birgalikda intilmoqda
Aprel 27, 2025. 12:09 • 59 soniya
• 68
TOKIO, 27-aprel. /"Dunyo" AA/. Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Tetsudji Tanaka (Yaponiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning 23-24-aprel kunlari Samarqand shahriga buyurgan tashrif haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Tashrif ikki qardosh davlat o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim bosqich bo'ldi. Ochiqlik va o'zaro anglashuv muhitida o'tgan muzokaralar chog'ida tomonlar tarixiy-madaniy va gumanitar qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.
Bugun yaqin qo'shnichilik, qardoshlik va ko'p asrlik do'stlik rishtalari bilan bog'langan O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Ta'kidlash joizki, ikki davlat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilyapti.
Shu nuqtai nazardan, tomonlar joriy yilda Turkmaniston-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishini, Uchinchi hududlararo forumni, shuningdek, milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ko'rgazmasini o'tkazish muhimligini ta'kidladilar. Ushbu tadbirlar O'zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy aloqalarini yana-da kengaytirish va faollashtirishga xizmat qilishiga ishonaman.
Umuman olganda, mazkur tashrif O'zbekiston va Turkmaniston bir yo'nalishda – barqaror rivojlanish, mintaqaviy barqarorlik va Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlash sari intilayotganining yana bir tasdig'i bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot