Qozog'istonning Oqtov shahrida "Made in Uzbekistan" shou-rumi ochildi
Mart 31, 2025. 11:46 • 34 soniya
• 838
OQTOV, 31-mart. "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O'zbekiston Savdo sanoat palatasi ko'magida Qozog'istonning Oqtov shahrida "Made in Uzbekistan" shou-rumi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston shou-rumi 1500 m.kv. maydonni egallagan bo'lib, unda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Shou-rumda taqdim etilayotgan qurilish mollari, mebel, tekstil, charm-poyabzal, maishiy texnika va elektrotexnika mahsulotlari Qozog'iston tomoniga katta qiziqish uyg'otyapti.
Joriy yilning 22-25-mart kunlari Oqtov shahrida "Made in Uzbekistan" mahsulotlari yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq korxonalari, shuningdek, "O'zcharmsanoat", "O'zsanoatqurilish" va "O'zeltexsanoat" uyushmalari tarkibidagi kompaniyalar mahsulotlari taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi