Logo

Markaziy Osiyo davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirmoqda

Noyabr 29, 2025. 16:13 • 2 daq

110
Markaziy Osiyo davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirmoqda

BISHKEK, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bishkek shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi shafeligida mintaqaviy platforma ishtirokchilarining ikkinchi yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini Markaziy Osiyoda jadal tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan konferensiya mintaqa mamlakatlarining haqiqiy birligi va ularning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi xalqaro standartlarga sodiqligini yaqqol namoyish etdi.

Ishtirokchilar shaffoflik, hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash, yaxlit, samarali antikorrupsiya tizimini shakllantirishga intilishini tasdiqladi. Mintaqaviy platforma mamlakatlar o‘rtasida sinergiyani yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajriba almashishga ko‘maklashish va BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi normalarini jadal tatbiq etishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qildi.

Mutaxassislar jinoyatdan olingan daromadlarni yashirish va legallashtirish uchun kripto-aktivlardan foydalanishning o‘sishi bilan bog‘liq muammolarga alohida eʼtibor qaratdi. “CABIN” ishbilarmonlik halolligi tarmog‘i faoliyati, mintaqada tashkilotchilik etikasini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, davlat va korporativ xaridlar sohasidagi antikorrupsiya siyosati haqidagi so‘z yuritildi.

Asosiy masalalardan biri “Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurash va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy choralarni kuchaytirish” rezolyutsiyasi loyihasini muhokama qilish bo‘ldi. Ushbu hujjat BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasining 2025 yil dekabr oyida Dohada bo‘lib o‘tadigan 11-sessiyasida ko‘rib chiqish uchun ilgari surilishi rejalashtirilgan.

Rezolyutsiyani tayyorlash tashabbusi mintaqa mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan ortib borayotgan intilishini aks ettiradi.

Ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi mintaqaning xalqaro hamkorlik tarixida muhim bosqich bo‘ladi. U ishonch, sheriklikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi birgalikdagi saʼy-harakatlari samaradorligini oshirish uchun kuchli turtki bo‘lishi mumkin.

 

 

 

 

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Rakhataliyeva

rakhataliyeva@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish