Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Bishkekda o'tayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda
Sentabr 23, 2025. 20:04 • 52 soniya
• 14
TOSHKENT, 23-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O'zbekiston parlamenti delegatsiyasi Bishkek shahrida o'tkazilayotgan "Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari: mintaqani har tomonlama rivojlantirish bo'yicha samarali yechimlar" mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, forumda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalari ham qatnashmoqda.
Tadbirda Tanzila Narbayeva nutq so'zlab, mintaqada parlamentlararo hamkorlikning yangi istiqbollariga doir muhim takliflarni ilgari surdi.
Forumda davlatlarimiz o'rtasida shakllanayotgan o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilik muhiti nafaqat iqtisodiy hamkorlik, balki madaniy-gumanitar aloqalarga ham kuchli turtki berayotgani alohida ta'kidlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari tomonidan Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o'tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi va uning doirasida qabul qilingan muhim hujjatlar yuksak baholandi.
Kun tartibi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yoshlar bandligi va migratsiya masalalari, shuningdek raqamli xavfsizlik va mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish kabi muhim yo'nalishlar muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi