Xiva shahrida O'zbekiston va Turkmaniston biznes-forumi bo'lib o'tdi
Sentabr 23, 2025. 18:32 • 47 soniya
• 102
XIVA, 26-sentyabr. /"Dunyo"AA/. Xiva shahrida O'zbekiston va Turkmaniston biznes-forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Iqtisodiy tadbirda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi. Biznes-forum chog'ida ikki mamlakat hududlari va ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida eksport-import, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar "Shovot-Dashoguz" chegaraoldi savdo zonasining tashkil etilishi ikki mamlakat o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hududlararo hamkorlikni yana-da faollashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Turkmaniston tomoni uchun O'zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar, Xorazm viloyatining iqtisodiy salohiyati, xususan, eksport imkoniyatlari va investitsiya loyihalari haqida taqdimot o'tkazildi.
Joriy yil so'nggiga qadar Xorazm viloyati ishbilarmon doiralari vakillarining Dashoguz viloyatiga biznes-missiyasini tashkil qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan "B2G" va "B2B" muzokaralar yakunida bir qator eksport shartnomalari va hamkorlik to'g'risidagi memorandumlar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi