Logo

Xo'jandda O'zbekiston-Tojikiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Sentabr 26, 2023. 14:46 • 21 soniya

141
Xo'jandda O'zbekiston-Tojikiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

 TOSHKENT, 26 sentyabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Tojikistonning Xo'jand shahrida Tojikiston-O'zbekiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi yakunlandi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

19-25 sentyabr kunlari O'zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig'idan o'tish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv konstruktiv va do'stona ruhda o'tdi.

Eslatib o'tamiz, avvalgi uchrashuv 21-28 avgust kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish